Uznergo.uz Uznergo.uz

Elektr o'rganuvchilar uchun

Показать фильтр
Yorug’lik manbalari va qabul qilgichlari

Qanday yorug’lik manbalari bo’ladi? Shunday jismlar ham borki, atrofimiz yorug’ yoki qorong’i bo’lishidan qat’i nazar ular bizga ko’rinadi. Chunki ularning o’zlari yorug’lik chiqaradi. Bunday jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi.

Elektr energiyani uzatish

Elektr energiya boshqa tur energiyalardan rad qilib bo'lmaydigan uchta afzallikka ega.Birinchidan, uni boshqa turdagi energiyaga osongina aylantirish mumkin (elektrodvigatel, issiqlik qurilmalari. elektr yoritgich va boshqalar). Ikkinchidan, bu ekologik toza energiya turi bo'lib, uni boshqa tur energiyaga aylantirganda atrof-muhit ifloslanmaydi. Uchinchidan, elektr energiyani kichik va katta masofalarga uzatish juda oson.

Elektroenergetik kasbi haqida batafsil ma`lumot

Ixtiyoriy elektrostansiyada muvaffaqiyatli ishlash uchun mustahkam sog‘likka ega bo‘lish maqsadga muvofiq.

Ma’lumot darajasi, ish yo‘nalishi va stansiya ixtisosligidan qat’i nazar, elektrostansiyaning ixtiyoriy mutaxassisi uchun maktab partasidayoq o‘zida elektrosxemalar va tushunish qiyin bo‘lgan turli xildagi agregatlarga bo‘lgan qiziqishning namoyon bo‘lishi juda muhim. Albatta, chilangar-ta’mirlovchi va elektrik arsenalidagi turli xildagi gayka kalitlari, buralma ochqichlar hamda boshqa asboblar bilan ishlashni yaxshi o‘rganish ham talab qilinadi.

Elektr toki haqida tushuncha. Kundalik hayotdan elektr tokini barcha biladi. Elektr toki tramvay, trolleibus, elektropoezdlarni harakatga keltiradi, uy va kuchalarni yoritadi, telefon, telegraf, radioni ishlatiladi va hokazo.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.