Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (10-MA'LUMOT)

Изображение

Uorren De la-Ryuning tajribasini Genrix Gebel (1818-1893) ismli germaniyalik soatsoz usta birmuncha takomillashtirdi.

1878-yilda Lodigin tajribalaridan bexabar ingliz olimi Jozef Svan (1828-1914) shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama «ko'mir sim» shaklida bo'lib, uning yorug'ligi juda kuchsiz edi.

1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison (1847-1931) hozirda biz bilgan xo'jalik buyumiga yaqinroq bo'lgan lampochkani ixtiro qildi. Uning ixtirosida Svan tajribalari asos bo'lgani rost, Tomas uni yanada takomillashtirdi.

Xullas, 1880-yildan boshlab donasi 2,5 dollar bo'lgan lampochkalarning dastlabki shakli ishlab chiqarilib, aholiga sotila boshlandi. Oradan biroz vaqt o'tgach, Jozef Svan va Tomas Edison o'z mablag' hamda bilimlarini birlashtirib, «Edison & Swan United Electric Light Company» tashkilotiga asos solishdi.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.