Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (9-MA'LUMOT)

Изображение

Voltaning ixtirosidan 2 yil o'tib (1802) rus olimi Vasiliy Petrov (1761-1834) «Volta yoyi» — elektr yoyini kashf etdi. Aynan shu ixtiro elektr lampochka tarixini boshlab berdi, desak bo'ladi.

Keyinchalik, rus muhandislari Pavel Yablochkov hamda Aleksandr Lodiginning uzoq tajribalardan so'ng «Lodigin va jamoaning elektr yoritish sherikligi» tashkilotiga asos solinadi va 1873-yilda «Porlovchi lampalar» namoyish etildi.

Umuman olganda, lampalar ixtirosining «Dastlabki uchqunlari» oldinroq paydo bo'lgandi. Parijda o'qib, Londonda ilmiy ishlar olib borgan Normandiyalik olim Uorren De la-Ryu (1815-1889) avval rasadxona, so'ng qog'oz ishlab chiqarish fabrikasini yuritadi.

1840-yilda u vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorug'lik paydo bo'lishini aniqlaydi va aynan shu tajriba keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab bo'lgan, degan taxminlar mavjud.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.