Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (8-MA'LUMOT)

Изображение

Elektr energiyasini chuqurroq o'rganish 1785-yilda fransuz harbiy muhandisi Sharl de Kulonning (1736-1806) Kulon qonuni kashf etilganidan keyin aniq fanga aylana boshladi.

Keyinchalik, elektromagnit maydon ta'limotining asoschisi — italiyalik olim Maykl Faradey (1791-1867) tadqiqotlaridan ruhlangan italiyalik shifokor, eksperimental eletrofiziologiyaning asoschisi Luiji Galvani (1737-1798) 1791-yilda hayvonlarning mushaklarida elektr tokining mavjudligini ta'riflovchi «Mushaklarning harakatlanishi paytida elektr ta'siri haqida risola» asarini nashr etdi.

Italiyalik olim Alessandro Volta (1745-1827) 1800-yilda dastlabki to'g'ridan-to'g'ri oqim manbai — «Galvanik elementini» ixtiro qiladi. Elektr tokining kimyoviy manbai hisoblangan galvanik elementi — bu sho'r suvga botirilgan qog'oz bilan ajratilgan rux hamda kumushli doirachalar ustunidir.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.