Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (7-MA'LUMOT)

Изображение

XVIII asr boshlarida atmosferadagi elektr yoyi xususiyatlarini o'rganish bo'yicha rus olimlari G.V.Rixman (1711-1753) hamda M.V.Lomonosov (1711-1765) o'z ilmiy tajribalarini o'tkazishgan.

Ammo dastlabki elektr nazariyasi amerikalik mashhur siyosatchi, dunyo xaritasida AQSh davlati paydo bo'lishiga o'z hissasini qo'shgan davlat arbobi, shu bilan birga, zamonasining taniqli olimi Benjamin Franklin tomonidan yaratildi. Uning risolalarida («Elektr bilan tajribalar va kuzatishlar» asari, 1747) elektr energiyasi «Nomoddiy suyuqlik», «Ko'rinmas oqim» deya ta'riflangan.

Shuningdek, u musbat va manfiy zaryad tushunchasini kiritadi va ularni (+) → musbat hamda (–)→ manfiy matematik belgilar bilan ifodalaydi.

Olim birinchi bo'lib yashin urishiga qarshi vosita — yashino'tkazgichni ixtiro qiladi va uning yordamida chaqmoqning elektr energiyasi bilan hamohangligini isbotlaydi.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.