Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (6-MA'LUMOT)

Изображение

Quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etildi. Charlz Fritts ismli olim nurni elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining dastlabki prototipi italiyalik olim Jakomo Luidji Chamichyan tomonidan yaratilgan.

Oradan qariyb bir asr vaqt o'tib, aniqrog'i 1948-yil 25-martda Bell Laboratories tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani omma e'tiboriga e'lon qilindi.

10 yildan so'ng, ya'ni 1958-yil 17-martda AQShda quyosh panellaridan foydalanadigan sun'iy yo'ldosh — «Avangard-1» kosmik kemasi fazoga uchirildi. 1958-yil 15-mayda Sovet Ittifoqi ham quyosh batareyalaridan foydalanadigan «Sputnik-3» nomli sun'iy yo'ldosh uchirilganini ma'lum qildi.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.