Uznergo.uz Uznergo.uz

ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (4-MA'LUMOT)

Изображение

Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so'ng «elektr» atamasi el orasida mashhur bo'lib, turli tajriba-sinovlar o'tkazila boshlandi...

1663-yilda Otto fon Gerike metall tayoqchaga biriktirilgan shar shaklidagi elektrostatik mashina (oltingugurtdan) yaratib, hosil bo'lgan elektromagnit maydoni nafaqat tortish, balki o'zidan itarish xususiyatini ham namoyon qilishini o'rgandi.

1729-yilga kelib ingliz tadqiqotchisi Stiven Grey elektr energiyasini masofadan uzatish bo'yicha tajribalar o'tkazayotib barcha jismlar ham elektr energiyasini bir xilda o'tkazmasligini aniqladi.

1733-yilda frantsuz olimi Sharl Dyufe ikki turdagi elektr toki mavjudligini aniqladi: «shishali» — ipak matolarini shisha yuzasiga ishqalashdan, «qatronli» — smola, ya'ni qatronni jun matolarga ishqalashdan hosil bo'ladigan.

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.