Uznergo.uz Uznergo.uz

Qanday qilib elekt simlarni birlashma (karobkaga) qutisiga to'g'ri ulash haqida – 2 qism

Тип статьи:
Авторская

Payvandlash (svarka) usuli

Bu usul juda ishonchli aloqa usuli bolib, ulanish simlari birlashma qutisiga payvandlanadi. Ushbu usul bilan simlarning kafolatli ulanishi taminlanadi. Qattiq kontaktli moddalar oksidlanishga duch kelmaydi, va payvandlangan simlar vaqt o'tishi bilan zaiflashmaydi.

Изображение

Payvandlashning murakkabligi siz maxsus texnika bilan bu ishni qilishingiz kerak bo’ladi, yoki siz professional payvandchini taklif qilishingiz kerak.

Kerakli vositalar

Изображение

Изображение

Payvadlash uchun, sizga kerak bo'ladi:pichoq (simning izolyatsiyasini tozalsh uchun);

dag’al qog’oz (najdak) (birlashtiriladigan sirtlarni tozalash uchun);

payvandlash apparati;

qo'lqop (ish paytida qo'llarni himoya qilish uchun);

ko'zoynaklar yoki niqoblar (payvandlash paytida ko'zlarni himoya qilish);

grafit elektrodlari (uglerod);

Havo tasiridan oksidlanishni oldini oluvchi eritma (flyus).

Payvandlash tartibi.

Simning 70-80 mm bo'lgan izolyatsiyani pichoq bilan olib tashlang.

Simlarning yuzini dag’al qog’oz bilan tozalab tashlang.

Yuqorida tasvirlangan usuli yordamida simlarni burab, uning uzunligi kamida 50 mm bo'lishi kerak.

Yuqoridagi rasm singari payvandlash apparati massasini simning yuqori qismiga qistiring.

Simning pastki qismiga elektrodni olib kelib, simlarni tutashtirish uchun yengilgina tekkizib oling. Bu jarayon bir necha soniyalarda amalga oshiriladi.

Shundan so'ng payvandlash maydonini sovuting.

Ish jarayonida bir muhim savol tug’ilishi mumkun – payvandlash apparatini necha amperga qo’yish kerak? 1,5 mm2 yuzali kabellar uchun 30 A, 2,5 mm2 dan 50 A gacha qo’yish mumkun.

Paykalash usuli

540693aa.jpg

Paykalash usuli yuqoridagi usuldan ko’ra nisbatan ishonchsizroq usul hisoblanadi.

Bu usulining mohiyati payvandlash ishlariga o'xshaydi, faqat elektrodli invertor apparati o'rniga, payalnik yani paykalash anjomi ishlatiladi. Bundan tashqari, kanifol va olovo kerak bo'ladi. Simlarni burashda ularni orasida kamroq joy qoldiring va kanifolni olib payatnik bilan eritib simlarni yuzasiga surtib chiqing bunda mis simni yaxshilash qizzdirish kerak toki yuzidagi sariq qatlam ketmagunicha keyin olovoni olib simning yuzasiga surtib chiqing. Olovo simlarning orasiga kirib boradi va ulanish qutisiga ishonchli aloqani ta'minlanadi.

Ko'pincha olovo va kanifol mis simlar uchun. Biroq, alyuminiy simlani paykalsh uchun maxsus kislota ishlatiladi. Lekin bizning o’zbekistonda misdan oddiy aholi kamdan – kam ishlatadi va qattiq hato qiladi.(bu haqda alohiqa maqolada to’xtalamiz)

Klemniklar orqali ulash

Birlashma qutisiga(karobkaga) simlarni ulshda klemmniklar juda katta afzalliklarga egadir.

Zamonaviy montajda ko’pincha klemniklardan foydalaniladi ularning hajmi simning yuzasiga qarab turli xillarri mavjud biroq ishlatish prinsipi bir-xildir.

Изображение

Qurilma haqida

Klemnik bloklari shaffof plastikdan tayyorlangan bo'lib, simlarni qisib turuvchi metal (odatda mis) trubkalar mavjud mavjud.

Aloqa prinsipi

Изображение

Изображение

Bunday klemmalarda simli aloqa qanday bo’ladi? Masalan elktr tokininulsnish qutisiga ulshishni kerak, bunda ulanishi kerak bo’lgan simni 5 mm izoyatsiyasini tozalab, simlarni klemmaning ikki tominidagi blokka kirgizing va siqish vintlarini otverka yordamida burab simni qisib qo’ying. Iloji boricha neytral nol simni faza simlaridan chekkaroqqa o’rnatishga harakat qiling. 

Foydali tomonlari

Birinchidan, ko'pchilik uylarda elektr tarmog'I o’rnatishda monolit-o'tkazgichli (yumshoq va va ko’p tolali bo’lmagan) simlar ishlatadi va bu simlarni ulashda klemniklar bilan ishlash juda oson hattoki endi o’rganayotganlar uchun ham.

Ikkinchidan, klemniklar yordamida alyuminiy va mis simlarni ulash mumkin bo'ladi. Aytish kerakki alyuminiy va misni burash (skrutka) usuli bilan ulash mumkin emas chunki bu ikki metal ichki tuzilishi bilan ajralib turadi. Alyuminiy va mis o’zaro-oksidlanib, natijada sirtda oksid qatlam paydo bo'lishiga olib keladi, natijada zaif aloqa, isitish va elektrik kabelning ishlamasligiga olib keladi.

Kamchiliklari

Klemnik bilan ulashda ko’p tolali simlarni ulashda juda ko’p noqulayliklar tug’diradi, klemnikning ichida simni tiqish jarayonida ko’p tolali simning bir nechta tolasi qolib ketish mumkun. Bunda simning elektr tokiga chidamligi kamayadi va kebelning qizishiga olib keladi. Shuning uchun ko’p tolali simlarni ulashda tolalarni birlashtiruvchi trubbkalar (nakonechniklar) ishlatish tavsiya etiladi

Alyuminiy simlarni klemnikka qistirishda juda ehtiyotkor bo’lishgiz kerak bo’ladi. Chunki alyuminiy yumshoq material bo’lgani uchun qisish natijasida ezilib natijada uzilib ketishi mumkun.

Eng zamonaviy klemniklar vintini burashingizga ham hojat yo’q. Ulanish juda tez amalga oshiriladi, buning uchun siz hatto otverka ko'tarib yurishingiz ham shart emas. Har bir teshik kamoncha bog'langan kontaktga ega. Sim teshik ichiga kirmay qolgunga qadar kiritiladi, bu klemnik bilan aloqa o’rnatilganini bildiradi.Qolgan klemnik turlari bundan ham yaxshiroq imkoniyat yaratadi.

Bolt usuli

Birlashma qutisiga simlarni ishonchli ulanishi boltlashyo'li bilan ta'minlanadi. Ushbu uslubning birgina kamchiliklari noqulayligidir. Va asosiy afzalligi, boltli aloqa tufayli simlarning turli xil materiallardan (alyuminiy va mis) yuqori sifatli ulanish imkonini beradi. Zamonaviy ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarni kichik o'lchamli bo’lishiga harakat qilishadi, bunday qurilmalarga boltli ulanishni o'rnatish qiyinchilik tug’diradi. Ammo agar sizning uyingizda hali katta hajmli eski jihozli qurilmalar bo'lsa, unda bu usul siz uchun to'g'ri yo’ldir.

Изображение

Изображение

Bu usul bilan faqat cheklangan bir nechta simlarni ulshingiz mumkun bo’ladi.

Birlashma qutisiga simlarni qanday ulash bo'yicha bir necha variantlarni ko'rib chiqdik. Hamyon uchun qulay usulni va o'rnatishning qulayligini sifatlarida tanlang. Shuni ham unutmaslik kerakki, elektr energiya sohasida asosiy tushunchalar sifatida, ishonchliligi, mustahkamligi va xavfsizligi muhim sanaladi.

Нет комментариев. Ваш будет первым!
Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.