Uznergo.uz Uznergo.uz

Yorug’lik manbalari va qabul qilgichlari

1. Qanday yorug’lik manbalari bo’ladi? Shunday jismlar ham borki, atrofimiz yorug’ yoki qorong’i bo’lishidan qat’i nazar ular bizga ko’rinadi. Chunki ularning o’zlari yorug’lik chiqaradi. Bunday jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi.

Quyosh, yulduzlar, yashin, ayrim nurlanuvchi hasharotlar yorug’lik manbaidir. Ulardan chiqqan yorug’lik bizning ko’zimizga tushgandagina biz ularni ko’ra olamiz. O’zlaridan yorug’lik chiqarmaydigan jismlar esa yorug’likni qaytarishlari tufayli bizga ko’rinadi.
Yorug’lik hodisalarini o’rganishda «yonig’likning nuqtaviy manbai» tushunchasidan foydalanamiz. Amalda yorug’likning barcha manbalarining ma’lum bir o’1chami bo’ladi. Biroq yorug’lik chiqaruvchi jismlaming o’lchamlari uning ta’siri qaralayotgan masofaga qaraganda ancha kichik bo’lsa, bu manbani shuncha kam xato bilan nuqtaviy manba deb qabul qilish mumkin. Masalan, diametri 1 sm bo’lgan yorug’lik chiqarayotgan shar ko’zdan 30-35 m masofada yorug’lik chiqaruvchi nuqta bo’lib ko’rinadi.
Quyoshdan ko’p marta katta bo’lgan ulkan yulduzlar ko’zimizga yorug’likning nuqtaviy manbaiday ko’rinishiga sabab, ular Yerdan nihoyatda uzoqdirlar.
Juda ko’p yorug’lik manbalari mavjud bo’lib, ularning barchasini ikkita guruhga — tabiiy vasun’iy yorug’lik manbalariga ajratish mumkin.
Yorug’likning tabiiy manbalariga Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog’dusi va ba’zi tirik organizmlar: yaltiroq qo’ng’iz, chuvalchanglarning ba’zi turlari, har xil chirindilar, chuqur suv havzalarida yashaydigan baliqlarning ayrim turlari misol bo’la oladi. Bu manbalar yorug’lik nuri tarqatadi.
Yorug’likning sun’iy manbalariga yonib turgan o’tin, sham, kerosin lampa, cho’g’lanma elektr lampalar, elektr yoy, televizor ekrani, elektr toki o’tayotgan gazlar, qizigan gazlar, lyuminessent lampalar va umuman, barcha qizdirilgan jismlar va boshqalar kiradi.
2. Yorug’lik qabul qilgichlar. Yorug’lik energiyasini boshqa tur energiya (issiqlik, elektr energiya)ga aylantirib beruvchi tabiiy va sun’iy qurilmalar yorug’lik qabul qilgichlar deb ataladi. Siz bilan biz uchun eng muhim yorug’lik qabul qilgich — bu bizning ko’zimizdir.
Inson yorug’likni qayd qiluvchi sun’iy qurilmalarni ko’plab yaratdi. Masalan, fotoplyonka yoki fotoqog’oz yorug’lik ta’sirida qorayadi. Qora-oq va rangli fotografiya shunga asoslangan. Fotoelementlar deb ataluvchi maxsus asboblar yaratilganki, ular yorug’lik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradilar. Yerning sun’iy yo’ldoshlari va kosmik kemalardagi quyosh batareyalari quyosh nurlari energiyasini ulardagi asboblarning ishlashi uchun zarur bo’lgan elektr energiyaga aylantirib beradi. Bizning terimiz ham yorug’lik qabul qilgichdir: u quyosh nurlari ta’sirida qizaradi (toblanadi).
3. Yorug’likning tarqalish tezligi. Yorug’lik juda katta tezlik bilan tarqaladi. Havoda yoki havosiz bo’shliqda и 1 sekundda 300 000 000 metr masofani bosib o’tadi. Demak, yorug’likning havodagi yoki bo’shliqdagi (kosmosdagi) tezligi

с = 300 000 000 m/s = 3•108 m/s

ekan.
Yorug’likning bo’shliqdagi tezligini lotincha «c» harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Bu tabiatda bo’lishi mumkin bo’lgan tezliklar ichida eng kattasidir. Hech bir jism, zarra bunday katta tezlik bilan harakat qila olmaydi.
Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa o’rta hisobda 150 000 000 km ga teng. Quyoshdan Yerga yetib keluvchi yorug’lik bu masofani taxminan 8,3 minutda bosib o’tadi.
Barcha moddalarda yorug’likning tezligi havo va bo’shliqdagidan kichikroq bo’ladi.

Изображение

Нет комментариев. Ваш будет первым!
Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.