Uznergo.uz Uznergo.uz

Elektr toki haqida qisqacha tushuncha

Тип статьи:
Авторская

Elektr toki haqida tushuncha. Kundalik hayotdan elektr tokini barcha biladi. Elektr toki tramvay, trolleibus, elektropoezdlarni harakatga keltiradi, uy va kuchalarni yoritadi, telefon, telegraf, radioni ishlatiladi va hokazo.

Elektr tokining hosil bo`lishini osongina tushuntirish mumkin. Masalan, elektrometrga ulangan ikkita sharsimon o`tkazgich miqdor jihatdan teng, qarama–qarshi ishorali zaryadlari bilan zaryadlangan bo`lsin. Agar o`tkazgichlar sim bilan o`zaro ulansa, o`tkazgichlarga ulangan elektrometr ular orasidagi potensiallar farqi nolgacha tushishini ko`rsatadi. Binobarin, ortiqcha elektr zaryadlari (mettallardagi erkin elektronlar) sim bo`ylab manfiy ishorali zaryadlangan o`tkazgichdan musbat zaryadlangan o`tkazgichga qarab harakatlanib, elektr tokini hosil qiladi, natijada qarama–qarshi ishorali zaryadlar o`zaro bog’lanadi.

Elektr toki deb, elektr zaryadlarining tartibli harakatiga yoki zaryadlarning ko`chishi bilan bogliq bo`lgan elektr maydonning tarqalishiga aytiladi

Elektr tokini metallarda erkin elektronlarning harakati, elektrolitlarda ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakati hosil qiladi. Biroq qarma–qarshi ishorali zaryadga ega bo`lgan juda ko`p elektron va atom yadrolaridan tashkil topgan jismlar tartibli harakatlanganda hech vaqt elektr toki hosil bo`lmaydi. Bunga sabab musbat va manfiy zaryadlar o`zaro bog’lanishi natijasida har qanday yuza orqali o`tayotgan to`liq zaryad nolga teng bo`ladi. Shuning uchun ham, elektr tokini umumiy ko`rinishda quyidagicha tariflash mumkin.

Elektr toki deb, bog’lanmagan ortiqcha musbat yoki manfiy zaryadlarning tartibli harakatiga aytiladi. O`tkazgichlar ichidagi elektr maydoni sababli hosil bo`lgan elektr tokiga o`tkazuvchanlik toki deb ataladi. Lekin elektr tokini bundan tor manoda tushunish kerak emas. Masalan, zaryadlangan jismlar (yomgir tomchisi, suniy yo`ldosh va shu kabilar) ning fazodagi tartibli harakatidan ham elektr toki hosil bo`ladi. Bunday tok boshqa turdagi toklardan farqli ravishda konveksion tok deb ataladi.

Tokning yo`nalishi uchun shartli ravishda musbat zaryadlarning harakat yo`nalishi qabul qilingandir.Tokning bunday yo`nalishiga texnik yo`nalish deyiladi. Shuning uchun ham, manfiy zaryadlar yoki elektronlar hosil qilgan tokning yo`nalishiga harakat yo`nalishiga qarama–qarshi deb hisoblanadi.O`tkazuvchanlik tokini hosil qilgan erkin elektronlarning harakatini bevosita kuzatib bo`lmaydi. Lekin o`tkazgichdagi tokning mavjudligini uning tasiri yoki u hosil qilgan hodisalariga qarab quyidagicha aniqlash mumkin:

1.Tok o`tayotganda o`tkazgich qiziydi (isitkich asboblar, chuglanma lampalar, saqlagichlar).

2.Tokning magnit tasiri (tokli o`tkazgich atrofida magnit strelkaning ogishi elektromagnitlar, telegraf–telefon).

3.Elektr toki o`tganda himiyaviy tarkib o`zgarishi (kislota, ishqor va tuzlar eritmasi – elektrolitlarda moddalarrning ajralishi).

Vaqt o`tishi bilan miqdori va yo`nalishi o`zgarmaydigan tokka o`zgarmas tok deyiladi.

Zanjirdagi tok o`zgarmas bo`lishi uchun zanjirning ixtiyoriy ikki nuqtasidagi potensiallar ayirmasi ham o`zgarmas bo`lishi shart.

Нет комментариев. Ваш будет первым!
Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.