Uznergo.uz Uznergo.uz

СИП 0,4 - 1,0 va 6-20 kVt liniyalarda qo'llaniladigan kabel haqida nimani bilamiz

Тип статьи:
Авторская

Hozirgi vaqtda 0.4-1 kVt va 6-20 kVt tarqatish tarmoqlarida eski alyuminiy ochiq elektr liniyalarining yangisiga almashtirilishi amalga oshirilmoqda. Shu tarzda ko'plab konstruktiv turlarga ega bo'lgan, o'zi va o'zini izolyatsiya qilingan qiladigan simlar СИП (Самоненсущие изолированные провода) ishlatiladi. Afsuski,hali bu simlar yangi qurilgan kotej va shahar shaharga yaqin hududlarda amalga oshirilmoqda.

O'zi va o'zini izolyatsiya qilingan qiladigan simlar ishonchliligi quyidagi mezonlardan iborat:

1.Simlar zarbdan himoyalangan.

2. Izolyatsiya termoplastik polietilendan tayyorlangan sovuq va issiqqa chidamli

4.Istemolchilarga yangi tarmoqqa ulashda kuchlanish ostida ulash mumkin.

5.Ishni boshlashdan oldin va ish vaqtida kabelni tozalashga qisqartirishga hojat yo'q.

6.Montaj ishlarining soddaligi, osonligi va shunga mos ravishda ularni bajarishga kam vaqt sarflanishi.

7.Simlarning yuqori mexanik chidamliligi va shunga mos ravishda ularning sinishi ehtimoli kamligi.

8.Yong'in xavfsizligi, o'zaro to'qnashuv vaqtida qisqa tutashuvni oldini olgan holdagi ulash tizimi.

9. Yalang’och simlarga nisbatan kam joy egallashi va binolar chiroyini buzmasdan boshqa aloqa liniyalari bilan o’zaro mutanosibligi.

12. Izolyatsiya qilingan liniya xizmat ko'rsatish xodimlari uchun xavfsizdir.

13. Barcha ob-havo sharoitlarida ishlaydi, koroziyaga uchramaydi.

14. Kabelning o'g'irlab ketish qiyin va o’girlanganda darhol bilinadi.

15.Odamlar va hayvonlar uchun ekologik toza.

16. Bir-biri bilan bog’langan butun sim va ulashda ham uzilish hodisasi yuz bermaydi.

va boshqa xususiyatlari mavjud.

Ushbu Surat-1 da umumiy beton stolbaga montaj qilingan tasviri ko`rsatilgan.

Изображение

Surat-1

Ushbu rasmda esa istemolchiga ulash uchun ishlatiladiga qisqich (zajim) ko`rsatilgan Surat-2

Bu qisqich orqali istemolchiga ulashning afzalligi kabelni izolyatchisini ochib o’tirishga hojat qoldirmaydi qisqichni qotirish jarayonida qisqichnig tishlari kabelning ichiga kirib boradi. Keyingi ijobiy tarafi esa bu qisqichni (zajimni) ochib o`g’rincha tok ulashni deyarli iloji yuq chunki qisqich materiali yumshoq bo’lib sinib ketishi mumkun qisqasi bir marta ishlatiladigan.

Изображение

Изображение

14604ed3.jpg

Surat-2

1.Maksimal quvvat darajasi bilan Ushbu СИП kabelining turli xil turlari mavjud bo’libСИП-1, СИП-2, СИП-3, СИП-4, СИП-5 turlarga ajraladi asosan bir-biridan quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi.

  • 2.Nol yani neytral sim o’zagida stalnoy sim bor yo’qligi bilan
  • 3.Tolalarining qalinligi (secheniyasi) bilan
  • 4.Tolasining soni bilan masalan СИП-1 1x4 yani to'rt tolali bo’lsa СИП-3 esa bir toladan iborat
  • 5.Va izolyatsiyasining matetiali nimadan tayyorlangani bilan

СИП-1 — uch fazali o'tkazgichlardan va bitta noldan iborat. Har bir faza alyuminiy qobiq atrofida o'ralgan bir nechta alyuminiy simlardantashkil topgan. Faza o'tkazgichlari polietilen bilan izolyatsiya qilingan, nol — izolyatsiyasiz, ichida po'lat o’zak mavjud.

Изображение

СИП-2 — СИП-1 dan izolyatsiyalashda farq qiladi. U o'zaro bog'langan polietilendan tayyorlangan va mexanik va harorat ta'siriga juda chidamli. Bundan tashqari nol o’zak, shuningdek, fazaviy o’zaklar izolyatsiya qilingan.

Изображение

СИП-3 po'lat o’zakka ega bo'lgan bir yadroli sim bo'lib, uning atrofida alyuminiy, mis va boshqa qo'shimchalar qotishmasidan yasalgan simlar o'raladi. Uning tasavvurlari keng va mexanik stress va qattiq iqlim ta'sirida yuqori voltli tarmoqlarda ishlashga qodir.

Изображение

СИП-4 — neytral simga ega emas va ultrabinafsha nurlariga chidamli izolyatsiyaga ega bir necha juft alyuminiy qotishma o'zak simlardan iborat.

Изображение

СИП-5 — shunga o'xshash СИП-4 konstruktsiyasiga ega, ammo 30% kuchliligi va izolyatsiyadagi har xil ta'sirlarga (mexanik, atmosfera va boshqalar) chidamliligi bilan farq qiladi.

Изображение

0
Dibo_admin Dibo_admin 8 месяцев назад #

Rfddff

Используя этот сайт, вы соглашаетесь с тем, что мы используем файлы cookie.